Barcha yangiliklar
Kengash_faoliyati
Gallery image 163349
Gallery image 163350
Gallery image 163351
Gallery image 163352
Gallery image 163353
Gallery image 163354
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
17 Iyun 2026
20:19

Kengash_faoliyati

🏛 #_DEPUTAT_NAZORATI

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati G. Xolmatova Quduqsoy mahallasidagi Kanal usti ko‘chasida olib borilayotgan asfaltlashtirish ishlari bilan tanishdi.

Mazkur ko‘chaning 3,5 kilometr qismida asfalt yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda. O‘rganish jarayonida deputat qurilish ishlarining sifati, belgilangan muddatlarda bajarilishi hamda aholiga yaratilayotgan qulayliklarga alohida e’tibor qaratdi.

Ushbu loyiha mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash, aholining transport qatnovi va kundalik harakatlanishi uchun qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.

Bugun amalga oshirilayotgan har bir bunyodkorlik va yangilanish ishlari — inson manfaatlari, xalqimizning farovon va osoyishta hayoti uchun xizmat qiladi. Hududlarda infratuzilmani yaxshilash orqali kelajak avlodlar uchun mustahkam poydevor yaratilmoqda.