Barcha yangiliklar
Ishtixon tumani Mitan shaharchasining “Qo‘chqor Qarshiyev” mahallasi fuqarolari bilan tuman deputatlari uchrashuv o‘tkazdi
Gallery image 18452
Gallery image 18453
Gallery image 18454
Gallery image 18455
Gallery image 18456
Gallery image 18457
QARSHIYEV MAMURJON DONIYAR O‘G‘LI
22 Noy 2024
09:17

Ishtixon tumani Mitan shaharchasining “Qo‘chqor Qarshiyev” mahallasi fuqarolari bilan tuman deputatlari uchrashuv o‘tkazdi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi raisi Fazliddin Ruziyev, hudud deputatlari B.Xidirov, N.Kiyamov va S.Abdug‘aniyev hamda tuman prokurori Uchqun Butunov tomonidan Mitan shaharchasining “Qo‘chqor Qarshiyev” mahallasi fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida mahalla aholisi o‘zlarini taklif va muammolar haqida murojaat qildi.

Uchrashuvda barcha murojaatlar diqqat bilan eshitilib, ayrim masalalar joyida hal etildi.

Murakkabroq muammolar bo‘yicha esa tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berildi. Shuningdek, aholi bilan ochiq muloqot qilish va mavjud muammolarni tizimli ravishda hal etish maqsadida qo‘shimcha uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirildi.