Barcha yangiliklar
Deputatlar davlat xizmatchisi bo‘lgan  xotin-qizlar o‘rtasida voleybol musobaqasini o‘tkazdi.
Gallery image 163296
Gallery image 163297
Gallery image 163298
Gallery image 163299
Gallery image 163300
Gallery image 163301
GULMATOV TOSHMUROD MAMATALIYEVICH
17 Iyun 2026
18:47

Deputatlar davlat xizmatchisi bo‘lgan xotin-qizlar o‘rtasida voleybol musobaqasini o‘tkazdi.

Mazkur musobaqada Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi deputatlari N.Xaydarova va S.Valiyevalar ishtirok etib, xotin-qizlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi sog‘lom hayot kechirishda muhim omillardan biri ekanini ta’kidladi.

Musobaqalar davomida ishtirokchilar sportning voleybol turi bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdilar. Har bir jamoa bellashuvlarda faol qatnashib, jamoaviy hamjihatligini namoyon etdi. Sport tadbiri ko‘tarinki ruhda, do‘stona va sog‘lom raqobat muhitida o‘tkazildi.

Bunday Musobaqalarni muntazam tashkil etilishi xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda mahallalarda ahillik va birdamlik muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi.