Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan “O‘zbekiston Temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 8 ta tezyurar elektropoezd xarid qilish loyiha konsepsiyasini ko‘rib chiqish to‘g‘risida" loyiha deputatlar tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi
Gallery image 163289
Gallery image 163290
Gallery image 163291
Gallery image 163292
Gallery image 163293
Gallery image 163294
Gallery image 163295
ZOIROV BAHRIDDIN TO‘RABEK O‘G‘LI
17 Iyun 2026
18:47

Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan “O‘zbekiston Temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 8 ta tezyurar elektropoezd xarid qilish loyiha konsepsiyasini ko‘rib chiqish to‘g‘risida" loyiha deputatlar tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi oldidan mazkur masala deputatlar tomonidan atroflicha o‘rganildi.

Jumladan, “O‘zbekiston Temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 8 ta tezyurar elektropoyezd xarid qilish loyiha konsepsiyasi yuzasidan deputatlar Dilbar Suvonova, Gulbahor Tangirova hamda viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Sherpo‘lat Boyqulov tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur yondashuv masalani chuqur tahlil qilish, uning amaliy jihatlarini baholash hamda asosli xulosalar ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etdi. Deputatlar tomonidan loyihaning hudud uchun ahamiyati, kutilayotgan natijalari va istiqbollari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Ta’kidlash joizki, masalaning doimiy komissiya yig‘ilishidan oldin joyiga chiqib o‘rganilgani qaror qabul qilish jarayonining samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.