Barcha yangiliklar
Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganilmoqda
Gallery image 163169
Gallery image 163170
XODJANOV DAVRON AMANKOSHOVICH
17 Iyun 2026
17:07

Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Bekniyazov Baxramjon Kamiljonovich hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Aymbetov “Nurli kelajak” mahallasida bo‘lib, ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holatini muhokama qildi.

📋 Suhbat davomida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordam va xizmatlarning sifati, manzilliligi hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

🔍 Shuningdek, ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish, murojaatlarga o‘z vaqtida munosabat bildirish va mavjud muammolarni aniqlash maqsadida joylarga chiqib o‘rganish ishlarini tashkil etish bo‘yicha kelishib olindi.

📝 Uchrashuv yakunida xizmatlar sifatini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.