Barcha yangiliklar
Sho‘rchi tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirida deputatlar “Saurtepa” mahallasida bo‘ldi
Gallery image 163161
Gallery image 163162
Gallery image 163163
Gallery image 163164
Gallery image 163165
Gallery image 163166
ZOIROV BAHRIDDIN TO‘RABEK O‘G‘LI
17 Iyun 2026
16:45

Sho‘rchi tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirida deputatlar “Saurtepa” mahallasida bo‘ldi

Mazkur jarayonda xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri Sherpo‘lat Boyqulov, 30-Obodon saylov okrugidan saylangan viloyat Kengashi deputati Alisher Ro‘ziyev hamda mahalla mas’ullari ishtirok etdi.

Tadbir davomida mahallada olib borilayotgan ishlar, aholi murojaatlari bilan ishlash holati hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar o‘rganildi.

Shuningdek, fuqarolar va mahalla faollari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr almashildi. Mazkur jarayonda O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, qabul qilish va qo‘llashning asosiy tamoyillari, shuningdek fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishdagi ahamiyati keng tushuntirildi.

Tadbir yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, ularning ijrosini nazoratga olish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.