Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 163105
Gallery image 163106
Gallery image 163107
Gallery image 163108
Gallery image 163109
Gallery image 163110
Gallery image 163111
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
17 Iyun 2026
16:07

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining navbatdagi 27-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasini oshirish hamda suv ta’minoti tizimlari uzluksizligini yaxshilash masalasi yuzasidan deputatlardan iborat ishchi guruh tomonidan hududlarda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida tumandagi suv inshootlari, suv taqsimlash tarmoqlari hamda ichimlik suvi yetkazib berish jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mavjud infratuzilmaning texnik holati, suv ta’minoti tizimlarining ishlash samaradorligi va aholini uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Ishchi guruh a’zolari tomonidan “Sirdaryo suv ta’minoti” AJ Boyovut tumani bo‘limi mas’ullari ishtirokida hududlardagi mavjud muammolar, ularni bartaraf etish choralari hamda istiqboldagi rejalar yuzasidan fikr almashildi.

Ma’lum qilinganidek, mazkur masalalar Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama etilishi belgilandi.