Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oltinko‘l tumani Kengashi deputatlari tomonidan o'tkazilgan targʻibot-tashviqot tadbiri
Gallery image 1023
Gallery image 1024
Gallery image 1025
XASANOVA OYDINXON QAXRAMONJONOVNA
23 Mar 2023
10:00

Xalq deputatlari Oltinko‘l tumani Kengashi deputatlari tomonidan o'tkazilgan targʻibot-tashviqot tadbiri

 Xalq deputatlari Oltinko‘l tumani Kengashi deputatlari tomonidan targʻibot-tashviqot tadbiri oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonun loyihasining mazmun-mohiyati haqida batafsil tushunchalar berildi. Tadbirda tuman hokimligi, xalq ta’lim va maktabgacha ta'lim xodimlari ishtirok etdi. 

Deputatlar tomonidan o‘tgan davr mobaynida jamiyatimizning siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy hayotida tub o‘zgarishlar bo‘lgani, bu esa bosh qomusimizda “Yangi O’zbekiston-ijtimoiy davlat” tamoyilini mustahkamlash, davlat hokimiyati asoslarini takomillashtirish dolzarbligini ko‘rsatayotgani to‘g‘risidagi hayotiy misollar bilan tushuntirib o‘tildi. Muloqot ishtirokchilarining оʻzlarini qiziqtirgan savollarga toʻliq javob oldilar. 

Xalq deputatlari Oltinko‘l tumani Kengashi kotibiyati.