Barcha yangiliklar



BUTAYEV JAVLON RASHID O‘G‘LI
17 Iyun 2026
15:30
Deputat so'roviga javob
💧 Baxmal tumanida toza suv masalasi hal etilmoqda
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi deputati Xafiza Saidovaning deputatlik so‘roviga asosan, "Jizzax suv ta’minoti" AJ tomonidan rasmiy choralar ko‘rilmoqda.
Asosiy rejalar:
Novqa va Oqtosh qishloqlari uchun 15.2 km ichimlik suvi tarmog‘ini qurish 2025-2027-yillar Davlat dasturiga kiritildi.
O‘rta qishloqda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda 6.27 km yangi suv tarmog‘ini qurish rejalashtirildi.
Aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
🤝 TOZA SUV – SOG‘LOM HAYOT GAROVI!