Barcha yangiliklar
📍 Amaliy nazorat – xalq manfaatlari yo‘lida
Gallery image 162964
Gallery image 162965
Gallery image 162966
Gallery image 162967
Gallery image 162968
UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
15 Iyun 2026
00:00

📍 Amaliy nazorat – xalq manfaatlari yo‘lida

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat I.Qodirova “O‘rikzor” mahallasida “Open byudjet” loyihasining 1-bosqichida g‘olib deb topilgan ko‘chalarda olib borilayotgan asfaltlashtirish ishlarini o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida bajarilayotgan ishlarning sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar yuzasidan monitoring olib borildi. Mahalla fuqarolari bilan muloqot qilinib, ularning fikr va takliflari tinglandi.

✅ Hududlarni obodonlashtirish, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash va aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan bunday loyihalar deputatlik nazoratida bo‘lib qoladi.