Barcha yangiliklar
📌 Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Gallery image 162906
Gallery image 162907
Gallery image 162908
UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
11 Iyun 2026
00:00

📌 Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida tumanda yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” amaliy tadbirlar dasturini tasdiqlash masalasi muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida dastur doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport, madaniy-ma’rifiy va boshqa foydali tadbirlarga keng jalb etish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan fikr almashildi. Muhokamalar yakunida tegishli qaror qabul qilindi.