Barcha yangiliklar









UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
09 Iyun 2026
00:00
Gulzor mahallasida “Yettilik” faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati, kotibiyat mudiri Q.Bobojonov Gulzor mahallasida bo‘lib, "mahalla yettilik” a’zolarining ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida mahalladagi ish jarayonlari, aholi muammolarini hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda “Yettilik” tizimining samaradorligi muhokama qilindi. Mahalla faollari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.