Barcha yangiliklar
Kotib
Gallery image 162837
Gallery image 162838
Gallery image 162839
Gallery image 162840
Gallery image 162841
AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
17 Iyun 2026
11:32

Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi raisi Muyassar Yuldasheva va Kengash kotibiyati mudiri Shoanvar Shomaxmudov tomonidan “Shalola” mahallasida “mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

O‘rganishlar jarayonida “mahalla yettiligi”ning mahallaning iqtisodiy, ijtimoiy masalalari, xotin-qizlar, yoshlar va nuroniylar hayoti, oilalarni mustahkamlash, hudud infratuzilmasi bilan bog‘liq vazifalar va jinoyatchilikni barvaqt oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha ahborotlari tinglandi.

Shuningdek, mahallada xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish, kasbga o‘qitish va bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish bo‘yicha yaratilgan qulay shart-sharoitlar ko‘rib chiqildi.