Barcha yangiliklar



AKBAROV BEKZODBEK ASQAR O‘G‘LI
10 Iyun 2026
00:00
❗️ Deputat mahallada: Aholi muammolari doimiy diqqat-e'tiborda
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati U.Muxammadiyev aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish, joylardagi mavjud muammolarni o‘rganish va ularga yechim topish maqsadida "Barkamol" MFYda navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi.
📉 Uchrashuv davomida mahalla faollari va fuqarolar tomonidan turli masalalar, jumladan, ijtimoiy himoya, tadbirkorlikni rivojlantirish va hududiy infratuzilmani yaxshilash borasida murojaatlar tinglandi.
🔰 Har bir murojaat deputat tomonidan alohida qayd etilib, ularning qonuniy yechimi bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi Ba'zi masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, vaqt talab qiladigan muammolar bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi ta’kidlandi.