Barcha yangiliklar
Aholi salomatligi — doimiy e’tiborda
Gallery image 162805
Gallery image 162806
Gallery image 162807
Gallery image 162808
Gallery image 162809
UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
09 Iyun 2026
00:00

Aholi salomatligi — doimiy e’tiborda

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat G. Risqulova, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat A. Rajabov hamda kotibiyat mudiri Q. Bobojonov tumandagi Tibbiyot birlashmasida fuqarolarni bepul dori vositalari bilan ta’minlash holatini o‘rgandilar.

O‘rganish jarayonida bemorlarga ajratilgan dori vositalarining mavjudligi, ularni tarqatish tartibi, saqlash sharoitlari hamda aholiga yetkazib berish mexanizmlari ko‘zdan kechirildi. Mutasaddilar tomonidan mavjud holat yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglanib, aniqlangan masalalar bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Aholining sifatli tibbiy xizmat va bepul dori vositalaridan o‘z vaqtida foydalanishini ta’minlash borasidagi jamoatchilik nazorati izchil davom ettiriladi.