Barcha yangiliklar
📍 “Xos” mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
Gallery image 162774
Gallery image 162775
Gallery image 162776
UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
08 Iyun 2026
00:00

📍 “Xos” mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat N. Do‘smatova “Xos” mahallasida bo‘lib, mahallada faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning ish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordamlarni tayinlash va to‘lash jarayonlari tahlil qilindi.

Shuningdek, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar muhokama qilinib, ijtimoiy xizmatlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🤝 Aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va xizmatlar sifatini yaxshilash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.