Barcha yangiliklar



AKBAROV BEKZODBEK ASQAR O‘G‘LI
09 Iyun 2026
00:00
Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputatlari O. Buzurukxodjayeva, U. Ruziyev va N. Abduraxmonov tomonidan tumandagi 55-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi.
🔍 O‘rganish davomida muassasada bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, ular uchun xavfsiz hamda qulay sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Jumladan, yong‘in va elektr xavfsizligi, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, evakuatsiya yo‘laklari, oshxona va tibbiyot xonasining faoliyati o‘rganildi.
📝 Aniqlangan ayrim kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
✅ Deputatlar tomonidan maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar xavfsizligini ta’minlash va yaratilgan sharoitlarni yaxshilash masalalari doimiy nazoratda bo‘lishi ta’kidlandi.