Barcha yangiliklar
🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari Xakimov Shahzodxo'ja Davronovich hamda Shokirova Durdona Bahodir qizi boshchiligida Yashnobod tumani Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Gallery image 162722
AKBAROV BEKZODBEK ASQAR O‘G‘LI
04 Iyun 2026
00:00

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari Xakimov Shahzodxo'ja Davronovich hamda Shokirova Durdona Bahodir qizi boshchiligida Yashnobod tumani Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

👥 Unda Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Kerimov hamda yoshlar faollari ishtirok etdi.

📋 Uchrashuv davomida Yoshlar maslahat guruhlari faoliyatini yanada takomillashtirish, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning tashabbus va takliflarini qo‘llab-quvvatlash hamda davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

📚 Shuningdek, yoshlarning ta’lim, bandlik, tadbirkorlik, axborot texnologiyalari, sport va madaniyat yo‘nalishlaridagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ular bilan ochiq muloqotni kuchaytirish hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zolarining siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.