Barcha yangiliklar
☀️ Yozgi ta’tilni mazmunli o‘tkazamiz!
Gallery image 162718
AKBAROV BEKZODBEK ASQAR O‘G‘LI
03 Iyun 2026
00:00

☀️ Yozgi ta’tilni mazmunli o‘tkazamiz!

🏫 Yashnobod tumanining “Qalqon” mahallasida joylashgan 339-sonli maktabda 1-iyundan boshlab “Qalqon” kunduzgi oromgohi o‘z faoliyatini boshladi.

🎉 Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Sharipov Alisher Eduardovich ishtirok etdi.

🤝 Deputat bolalar bilan suhbatlashib, oromgohda yaratilgan sharoitlar hamda faoliyat yuritayotgan to‘garaklar haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, bolalarni qiziqishlariga mos mashg‘ulotlarda faol qatnashishga chaqirdi.

✨ Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularning iste’dodlarini qo‘llab-quvvatlash muhim vazifalardan biridir.