Barcha yangiliklar
“Farhod” mahallasi binosi foydalanishga topshirildi
Gallery image 162707
Gallery image 162708
Gallery image 162709
Gallery image 162710
Gallery image 162711
Gallery image 162712
Gallery image 162713
Gallery image 162714
Gallery image 162715
Gallery image 162716
YUSUBOV MUZAFFAR ALIMBAYEVICH
17 Iyun 2026
10:23

“Farhod” mahallasi binosi foydalanishga topshirildi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

🏢 Uchtepa tumanida zamonaviy “Farhod” mahallasi binosi foydalanishga topshirildi

❗️ Uchtepa tumanida davlat-xususiy sheriklik asosida bunyod etilgan zamonaviy 5 qavatli “Farhod” mahallasi binosining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Muxtor Ilhomov, O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi Toshkent shahar boshqarmasi mas’ullari, Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi rahbariyati, tuman IIO FMB mutasaddilari, hokim o‘rinbosarlari, mahalla raislari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

🏛 Tadbir davomida mahallada amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, aholiga qulay va zamonaviy sharoitlar yaratish borasida olib borilayotgan islohotlar hamda hududni yanada rivojlantirishga qaratilgan istiqbolli loyihalar haqida ma’lumot berildi.

🤝 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Muxtor Ilhomov o‘z so‘zida mahallalarni har tomonlama rivojlantirish, aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish, yoshlar bandligini ta’minlash, ijtimoiy infratuzilmani mustahkamlash va fuqarolarga davlat xizmatlarini yanada yaqinlashtirish bugungi islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi.

📉 Yangi mahalla binosida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, xotin-qizlar va yoshlar bilan ishlash, profilaktika hamda jamoatchilik nazoratini samarali tashkil etish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.

🔺 Mazkur zamonaviy bino mahalla tizimi faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda hududdagi dolzarb masalalarni manzilli hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash