Barcha yangiliklar
YOSHLAR SALOMATLIGI — DEPUTAT E’TIBORIDA
Gallery image 162687
Gallery image 162688
Gallery image 162689
ALIYEVA ZILOLA YASHNAROVNA
16 Iyun 2026
10:04

YOSHLAR SALOMATLIGI — DEPUTAT E’TIBORIDA

Uchrashuv davomida yoshlarga sog‘liqni asrash, kasalliklarning oldini olish, tibbiy ko‘riklardan o‘z vaqtida o‘tish, sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollik hamda zararli odatlardan yiroq bo‘lish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Deputat Abdulaziz Nasirov yosh avlodning sog‘lom voyaga yetishi jamiyat taraqqiyoti va mamlakat kelajagi uchun muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidlab, yoshlarni o‘z salomatligiga mas’uliyat bilan yondashishga chaqirdi.

Mazkur suhbat “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘RQ-406-son Qonun, shuningdek “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi 706-II-son Qonunda belgilangan vazifalar ijrosi bilan hamohangdir.

✅ Maqsad — yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, tibbiy madaniyatni oshirish va profilaktik tushuntirish ishlarini kuchaytirishdir.

Bizni kuzatishda davom eting!