Barcha yangiliklar
Yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi
Gallery image 162666
Gallery image 162667
Gallery image 162668
Gallery image 162669
Gallery image 162670
Gallery image 162671
YUSUBOV MUZAFFAR ALIMBAYEVICH
17 Iyun 2026
09:47

Yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi

#doimiykomissiya #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Bugun xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda komissiya a’zolari, hisobot beruvchi, yoshlar maslahat guruhi a'zolari hamda Toshkent shahar Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zosi Nasrullayev Baxtiyor Fayzulla o‘g‘li ham ishtirok etdi.

📝 Yig‘ilishda kun tartibiga kiritilgan Toshkent shahrida festivallar, tomosha-konsert va yirik ommaviy tadbirlarni tizimli tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi masala yuzasidan Toshkent shahar Turizm boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Zafar Allonov hisobot berdi.

🔎 Mazkur masala komissiya a’zolari tomonidan atroflicha keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Yakunda kun tartibiga kiritilgan masala komissiya a’zolari tomonidan bir ovozdan keyingi yig‘ilishga qoldirildi.


📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash