Barcha yangiliklar
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
Gallery image 162662
Gallery image 162663
Gallery image 162664
Gallery image 162665
QANOATOV DILSHOD ABDUSAMAT O‘G‘LI
17 Iyun 2026
09:50

Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi raisi U. Bobojonov Uzilishkent mahallasiga tashrif buyurib, mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash hamda hududni obodonlashtirish borasidagi faoliyat yuzasidan mas’ullar bilan muloqot qilindi.

Shuningdek, mahallada mavjud dolzarb va yechimini kutayotgan muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan fikr almashildi.

Muammolarni hal etishda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, aholi murojaatlariga tezkor munosabat bildirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.