Barcha yangiliklar
Buloqboshi  tumanida Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati tushuntirilmoqda.
Gallery image 1011
Gallery image 1012
Gallery image 1013
Gallery image 1014
Gallery image 1015
Gallery image 1016
Gallery image 1017
SHAMSIDDINOV SHOHBOZBEK SHAVKATBEK O‘G‘LI
24 Mar 2023
12:02

Buloqboshi tumanida Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati tushuntirilmoqda.

Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashi deputatlari tomonidan
targʻibot-tashviqot tadbiri oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi
Konstitutsiyaviy Qonun loyihasining mazmun-mohiyati haqida batafsil tushunchalar
berildi. Tadbirda tuman hokimligi, soliq inspeksiyasi hodimlari, xalq ta’limi
va maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari ishtirok etdi.

Deputatlar tomonidan o‘tgan davr mobaynida jamiyatimizning siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy
va madaniy hayotida tub o‘zgarishlar bo‘lgani, bu esa bosh qomusimizda “Yangi
O’zbekiston-ijtimoiy davlat” tamoyilini mustahkamlash, davlat hokimiyati
asoslarini takomillashtirish dolzarbligini ko‘rsatayotgani to‘g‘risidagi
hayotiy misollar bilan tushuntirib o‘tildi. Muloqot ishtirokchilarining
oʻzlarini qiziqtirgan savollarga toʻliq javob oldilar.

Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashi kotibiyati.