Barcha yangiliklar
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHI DOIMIY KOMISSIYASINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
Gallery image 162452
Gallery image 162453
Gallery image 162454
Gallery image 162455
MIRZAYEV DILSHOD RUXUTDIN O‘G‘LI
16 Iyun 2026
19:18

XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHI DOIMIY KOMISSIYASINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.

 Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.Yig‘ilishni doimiy komissiya raisi To‘ychiyev Naimjon Yusupovich olib bordi. Unda doimiy komissiya a’zolari, tuman Kengashi kotibiyati mudiri, kotibiyatning bosh mutaxassislari hamda tegishli tashkilot va muassasalar vakillari ishtirok etdilar.Yig‘ilishda Parkent tumani Yoshlar ishlari bo‘limi tomonidan 2026-yilning dastlabki 5 oyi davomida yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Parkent tumani Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i D.Abdushukurovning hisoboti tinglandi.Muhokamalar davomida erishilgan natijalar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ko‘rib chiqildi.Deputatlar tomonidan mas’ullarga qator savollar berilib, sohani yanada rivojlantirish va belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan zarur tavsiyalar bildirildi.Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masala yuzasidan doimiy komissiyaning tegishli qarori qabul qilindi.