Barcha yangiliklar
Amir Temur mahallasidagi 17-maktab rekonstruksiya ishlari o‘rganildi
Gallery image 162405
Gallery image 162406
Gallery image 162407
Gallery image 162408
Gallery image 162409
Gallery image 162410
Gallery image 162411
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
16 Iyun 2026
18:26

Amir Temur mahallasidagi 17-maktab rekonstruksiya ishlari o‘rganildi

Amir Temur mahallasidagi 17-maktab rekonstruksiya ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi mudiri A. Avliyakulov hamda deputatlar A. Abdullayev va T. Berdiyarovlar Amir Temur mahallasida joylashgan 17-sonli umumta’lim maktabida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari bilan tanishdilar.

Tashrif davomida maktab binosida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari, ularning sifati va belgilangan muddatlarda bajarilishi yuzasidan ma’lumotlar olindi. Shuningdek, ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun yaratilayotgan zamonaviy sharoitlar, sinf xonalari va infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Deputatlar tomonidan qurilish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, ta’lim oluvchilar uchun qulay hamda zamonaviy shart-sharoitlarni yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.