Barcha yangiliklar
🔰Nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.
Gallery image 162362
Gallery image 162363
Gallery image 162364
Gallery image 162365
Gallery image 162366
Gallery image 162367
YAKUBOV AKBAR ZAIROVICH
16 Iyun 2026
17:51

🔰Nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

🔸Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining "Qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha" doimiy komissiyasi raisi B.Toshpo‘latov, shahar Kengashi deputatlari, komissiya a‘zolari hamda ekspertlar tomonidan navbatdagi sessiya muhokamasiga kiritilgan masalalar yuzasidan nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi. 

🔸O‘rganish davomida, “Olmazor” MFY, “Olmazor” ko‘chasi hududida joylashgan ko‘p qavatli turar joy binolarining atrofini ko‘kalamzorlashtirish, yer maydonlarini sug‘orish tizimini o‘rnatish va taʼmirlashga ajratiladigan mablag‘ uchun amalga oshirilgan ishlar joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

🔸Nazorat tadbiri yakunlari bo‘yicha aniqlangan tizimli masalalar va sohani rivojlantirishga doir takliflar Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga taqdim etiladi.