Barcha yangiliklar







ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
23 May 2026
16:13
Bozorlardagi aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi, mahsulotlarning yetarliligi o‘rganildi
⚡️Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyat mudiri A. Baxramov hamda "O'zXDP" partiyasidan 3-Usmon Yusupov saylov okrugidan saylangan deputat Mirsoat Mirsodiqov Kengashning ish rejasiga asosan tuman dehqon bozorida aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi.
📝O‘rganish jarayonida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining kunlik narx bo‘yicha barqarorligi, bozordagi talab va taklif muvozanati, mahsulotlarning sifati hamda yetkazib berilish jarayonlari tahlil qilindi.
✨Mutasaddilar tomonidan aholiga zarur mahsulotlar uzluksiz va barqaror narxlarda yetkazib berilishini ta’minlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida tavsiyalar berildi.