Barcha yangiliklar
Tuman Kengashi qarorining ijrosi ta’minlanmoqda
Gallery image 18290
Gallery image 18291
Gallery image 18292
Gallery image 18293
Gallery image 18294
Gallery image 18295
Gallery image 18296
DADAJONOVA OZODAXON ADILOVNA
18 Noy 2024
15:55

Tuman Kengashi qarorining ijrosi ta’minlanmoqda

Tuman Kengashi qarorining ijrosi ta’minlanmoqda

Tuman Kengashining Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni tanlab olish va “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”dan mazkur tadbirlarga mablag‘lar ajratish to‘g‘risida”gi VI-88-79-11-163-K/24-sonli qarori ijrosi bo‘yicha tumanning Yangiobod MFY hududidagi Yorqinlik, Shaftolizor, Navnixol, Bog‘ishamol, Gʻorbuva, Dorulfunun, Yuksaklik kabi ko‘chalarning ichki yo‘llarida asfaltlashtirish ishlari Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Axrorbek Erkaboyev nazorati asosida yakuniga yetmoqda. Bu esa o‘z navbatida mana shu hududda istiqomat qiluvchi har bir aholiga yanada qulaylik tug‘dirib, bolajonlar uchun ham, kattalar uchun ham yo‘llardan toza va ozoda manzilga yetishlariga yordam beradi.

Zero, Yurt obodligi, xalq roziligi – jonajon Vatanimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadidir.