Barcha yangiliklar







QANOATOV DILSHOD ABDUSAMAT O‘G‘LI
16 Iyun 2026
15:29
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi raisi U. Bobojonov Bobodo‘g‘i mahallasiga tashrif buyurib, mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash hamda hududni obodonlashtirish borasidagi faoliyat yuzasidan mas’ullar bilan muloqot qilindi.
Shuningdek, mahallada mavjud dolzarb va yechimini kutayotgan muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan fikr almashildi.