Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi
Gallery image 162011
Gallery image 162012
Gallery image 162013
Gallery image 162014
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
16 Iyun 2026
15:23

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi raisi Sh.Eshbayev va tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Turdiyevlar tomonidan tuman elektr tarmoqlari korxonasida tumanda muqobil energiya manbalaridan foydalanishni joriy etish hamda energiya samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida quyosh panellari va boshqa muqobil energiya manbalarini keng joriy etish, elektr energiyasidan oqilona foydalanish hamda energiya tejamkor texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, sohada mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ul mutaxassislarning axborotlari tinglandi.

O‘rganish yakunida energiya samaradorligini yanada oshirish, muqobil energiya manbalaridan foydalanish ko‘lamini kengaytirish hamda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.