Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 161980
Gallery image 161981
Gallery image 161982
Gallery image 161983
Gallery image 161984
Gallery image 161985
Gallery image 161986
Gallery image 161987
Gallery image 161988
Gallery image 161989
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
16 Iyun 2026
15:06

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining navbatdagi 27-sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan “Tumani hokimi birinchi o‘rinbosari B. Usmanovning “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” dasturi, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining hududlar kesimida ijro etilishi, ishsizlik va bandlik (ayniqsa bitiruvchilar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar) holati, bozorlar va ulardagi narx-navolarning holati to‘g‘risidagi hisoboti” yuzasidan sessiyaoldi o‘rganishlar tashkil etildi.

Jumladan, Kengash tomonidan tuzilgan ishchi guruh hamda ekspert guruhi a’zolari ishtirokida tuman hududidagi bozorlarda narx-navolar barqarorligi, savdo faoliyatining tashkil etilishi, aholini zarur iste’mol mahsulotlari bilan ta’minlash holati hamda bandlikka oid masalalar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Shuningdek, deputatlar tegishli davlat organlari va tashkilotlar mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda o‘z saylov okruglarida sessiyaoldi o‘rganishlarini amalga oshirib, fuqarolar murojaatlari, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni umumlashtirdilar.

O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchilik va muammolar Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining tegishli doimiy komissiyasi yig‘ilishida atroflicha muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar ishlab chiqildi.

Mazkur masalalar sessiya muhokamasiga kiritilib, qabul qilinadigan Kengash qarorida aniq vazifalar hamda mas’ul ijrochilar belgilanishi nazarda tutilmoqda.
Bu kabi sessiyaoldi o‘rganishlar deputatlik nazoratining samaradorligini oshirish, hududlarda mavjud muammolarni bevosita joyiga chiqqan holda aniqlash hamda qabul qilinayotgan qarorlarning amaliy natijadorligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.