Barcha yangiliklar
Yoshlar sporti uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
Gallery image 161958
Gallery image 161959
Gallery image 161960
Gallery image 161961
Gallery image 161962
Gallery image 161963
Gallery image 161964
Gallery image 161965
Gallery image 161966
Gallery image 161967
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
16 Iyun 2026
14:59

Yoshlar sporti uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi

Yoshlar sporti uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati R. Shamanov hamda mutaxassis T. Murodov bilan birgalikda Qo‘ng‘irot mahallasida joylashgan 8-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib bordi.

O‘rganish davomida aholi, ayniqsa yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud sport inshootlari, sport maydonchalari, maktab sport zali hamda ulardagi sport anjomlarining holati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Sport obyektlarining foydalanish darajasi, jihozlarning texnik holati va ularni yangilash bo‘yicha ehtiyojlar tahlil qilindi.

Shuningdek, yoshlarni ommaviy sportga keng jalb etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda sport infratuzilmasini yanada rivojlantirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Mazkur o‘rganish natijalari asosida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, sport obyektlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yoshlar uchun qulay sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli masalalar ko‘rib chiqiladi.