Barcha yangiliklar
Sessiya kun tartibiga kiritilgan yoshlar bandligi masalasi  ko‘rib chiqildi.
Gallery image 161874
Gallery image 161875
Gallery image 161876
Gallery image 161877
Gallery image 161878
ABDUNAZAROV ULUG‘BEK KARIMOVICH
16 Iyun 2026
12:05

Sessiya kun tartibiga kiritilgan yoshlar bandligi masalasi ko‘rib chiqildi.

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi 11-“Turkiston” saylov okrugi deputati O‘zLiDeP a’zosi E.Abduraxmonov, “Milliy tiklanish” DP a’zosi
K.Shukurov, Xalq deputatlari shahar kengashi kotibiyati mudiri X.Ibragimova, bosh mutaxassisi U.Abdunazarov tomonidan Xalq deputatlari shahar kengashining navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalardan biri joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonuniga asosan yoshlarni bandligini, ayniqsa oliy ta’lim muassasalarini bitirgan yoshlarni bandligini ta’minlash ishlari tahlil etildi. O‘tkazilgan xatlov natijalariga ko‘ra 574 nafar oliy ta’lim bitiruvchilari shahardagi 33 ta mahallalar kesmida tahlil etib chiqilgan. Bandligi ta’minlangan yoshlar 73 nafarni, vaqtincha mehnat faoliyati cheklanganlar 100 nafarni, o‘zini-o‘zi band qilganlar 10 nafar hamda 227 nafari boshqa tuman va shaharlarda yashovchi yoshlarn tashkil etmoqda. O‘rganish jarayonida vujudga kelgan savollarga atroflicha javoblar olindi.