Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi 1-Buyuk ipak yo'li saylov okrugi deputati B.Misratullayev tomonidan Buyuk Ipak yo‘li mahallasida “Dolzarb 90 kun” chora-tadbirlari ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.
Gallery image 161816
Gallery image 161817
Gallery image 161818
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
16 Iyun 2026
11:05

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi 1-Buyuk ipak yo'li saylov okrugi deputati B.Misratullayev tomonidan Buyuk Ipak yo‘li mahallasida “Dolzarb 90 kun” chora-tadbirlari ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida deputat 11-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sog‘lomlashtirish va tarbiyaviy mashg‘ulotlarning tashkil etilishi hamda bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Shuningdek, muassasadagi ta’lim-tarbiya jarayoni, bolalarning xavfsizligi, ovqatlanish sifati hamda hududning sanitariya va obodonlashtirish holatiga e’tibor qaratildi. O‘rganish yakunida mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash va “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida bolalarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.