Barcha yangiliklar
📩 Deputat so‘rovi yuborildi
SHARIPOV KO‘HZOD VAFOYEVICH
16 Iyun 2026
10:52

📩 Deputat so‘rovi yuborildi

🌾 Forish tumanidagi dehqon va fermer xo‘jaliklari ekin maydonlarida chigirtka hashoratlarining ko‘payishi hamda qishloq xo‘jaligi ekinlariga zarar yetkazayotgani yuzasidan Forish tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari v.b. Yorqin Istamovich Djanadilovga deputat so‘rovi yuborildi.
🔎 So‘rovda zararlanish darajasini o‘rganish, monitoringni kuchaytirish, kimyoviy va biologik ishlov berish tadbirlarini tashkil etish, profilaktik choralarni kuchaytirish hamda aholi va fermerlar o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish masalalari ko‘tarildi.
📄 Qonunchilikka muvofiq, deputatlik so‘rovi yuzasidan belgilangan muddatda yozma ma’lumot taqdim etilishi so‘ralgan.
🤝 Mazkur masala deputatlik nazoratida.
👉 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.