Barcha yangiliklar
Fuqarolar murojaatlari deputat nazoratida
Gallery image 161688
Gallery image 161689
Gallery image 161690
Gallery image 161691
Gallery image 161692
Gallery image 161693
Gallery image 161694
Gallery image 161695
Gallery image 161696
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
16 Iyun 2026
09:15

Fuqarolar murojaatlari deputat nazoratida

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov tomonidan Orolbo‘yi mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda mahalla raisi A.Mamadaliyev, mahalla nuroniylari, faollar hamda fuqarolar ishtirok etib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini qiynayotgan muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot davomida fuqarolar tomonidan kommunal xizmatlar xususan ichimlik suvidagi tez-tez uzilishlar, obodonlashtirish ishlari hamda boshqa dolzarb masalalar bo‘yicha murojaatlar bildirildi. Ushbu murojaatlar deputatning ko‘cha aylanish daftariga qayd etildi.

Shuningdek, ko‘tarilgan masalalarning ijobiy yechimini ta’minlash maqsadida tegishli ijrochi tashkilotlar rahbarlariga deputat so‘rovlari yuborilishi belgilandi.

Uchrashuv ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tib, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘rganish hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralarni ko‘rishda muhim ahamiyat kasb etdi.