Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi
Gallery image 161669
Gallery image 161670
Gallery image 161671
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
16 Iyun 2026
08:42

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputatlari Y.Berdiyarov va N.Turdiyevlar tomonidan Ko‘rkam diyor MFYning Ulug‘obod ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida mazkur ko‘chaning 380 metr qismiga asfalt qoplamasi yotqizish zarurligi aniqlandi. Shuningdek, fuqarolarning erkin va xavfsiz harakatlanishini ta’minlash, tungi vaqtlarda qulaylik yaratish hamda huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish maqsadida ko‘cha bo‘ylab tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish lozimligi qayd etildi.

Aniqlangan masalalarni ijobiy hal etish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish yuzasidan zarur takliflar ishlab chiqildi. Deputatlar tomonidan fuqarolar murojaatlarining ijrosini ta’minlash yuzasidan nazorat o‘rnatilishi bildirildi.