Barcha yangiliklar
Boyovut tumanida Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati tushuntirilmoqda.
Gallery image 995
SHAROPOV AVAZBEK AXMADJON O‘G‘LI
24 Mar 2023
02:13

Boyovut tumanida Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati tushuntirilmoqda.

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputatlari A.Odilov, S.Qarabayeva, X.Qurbonovalar va tegishli mutaxassislari tomonidan targʻibot-tashviqot tadbiri oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonun loyihasining mazmun-mohiyati haqida batafsil tushuncha berildi. Tadbirda tuman hokimligi, soliq inspeksiyasi hodimlari, mahallalardagi hokim yordamchilari, Xotin-qizlar faollar va yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.

Deputatlar tomonidan o‘tgan davr mobaynida jamiyatimizning siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy hayotida tub o‘zgarishlar bo‘lgani, bu esa Bosh qomusimizda “Yangi O’zbekiston-ijtimoiy davlat” tamoyilini mustahkamlash, davlat hokimiyati asoslarini takomillashtirish dolzarbligini ko‘rsatayotgani to‘g‘risidagi hayotiy misollar bilan tushuntirib o‘tildi. Muloqot ishtirokchilarining oʻzlarini qiziqtirgan savollarga toʻliq javob oldilar.

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati.