Barcha yangiliklar
#DEPUTATLIK_NAZORATI
Gallery image 161607
Gallery image 161608
Gallery image 161609
Gallery image 161610
Gallery image 161611
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
15 Iyun 2026
20:11

#DEPUTATLIK_NAZORATI

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Oripov, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Mamatmuratov, O‘zEP tuman kengashi raisi B.Eshanqulova va Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari ishtirok etdi.

O‘rganish ishlari davomida “Qoratepa” mahallasi hududida faoliyat yuritayotgan maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, jumladan, avtoservis ob’ektlarining faoliyati ko‘zdan kechirildi.

Xizmat ko‘rsatish sifati, sanitariya holati, mehnat xavfsizligi talablariga rioya qilinishi hamda aholiga qulay shart-sharoitlar yaratilganligi yuzasidan o‘rganishlar olib borildi va aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

🕊Telegram💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram ▶️YouTube🌐oltinsoy.uz