Barcha yangiliklar
“Nurli diyor” MFY faoliyati o‘rganildi
Gallery image 161595
Gallery image 161596
Gallery image 161597
Gallery image 161598
Gallery image 161599
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
15 Iyun 2026
20:01

“Nurli diyor” MFY faoliyati o‘rganildi

“Nurli diyor” MFY faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Avliyakulov “Nurli diyor” MFY faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, aholi murojaatlari bilan ishlash holati, hududni obodonlashtirish, ijtimoiy muammolarni hal etish hamda mahalla infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi faoliyat o‘rganildi.

Shuningdek, mahalla faollari bilan muloqot qilinib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar muhokama qilindi.

Mas’ullar tomonidan mahalla faoliyati samaradorligini yanada oshirish hamda aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan vazifalar belgilab olindi.