Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi deputati, tuman hokimining navbatdagi sayyor qabuli Shabnam mahallasida o‘tkazildi
Gallery image 18227
XAMDAMOVA NASIBA MIRZARAIMOVNA
09 Noy 2024
00:00

Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi deputati, tuman hokimining navbatdagi sayyor qabuli Shabnam mahallasida o‘tkazildi

Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Abduqodir Donayevning har hafta bo‘lib o‘tadigan fuqarolar qabulidan tashqari mahallalarda sayyor qabullar, aholi va yoshlar bilan uchrashuvlar ham bo‘lib o‘tmoqda. 

Jumladan, bugungi sayyor qabul tumanning Shabnam mahallasida o‘tkazildi. Qabulda mahalla faollari va fuqarolari ishtirok etishdi.

Sayyor qabul davomida, fuqarolar tomonidan ichki yo‘lni ta’mirlash, elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash va boshqa masalalarda yo‘llangan murojaatlar ro‘yxatga olinib, tegishli tartibda ijroga qaratildi.

Shuningdek, 2023-2024-yillarda tumanda amalga oshirilgan ishlar hamda 2025-yilda rejalashtirilgan ishlar haqida ma'lumot-hisobot taqdim etdi.