Barcha yangiliklar
#24_ta_masala #DEPUTATLIK_NAZORATI
Gallery image 161531
Gallery image 161532
Gallery image 161533
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
15 Iyun 2026
19:33

#24_ta_masala #DEPUTATLIK_NAZORATI

Xalq deputatlari tuman Kengashining deputatlik nazorati doirasida aholi yashash hududlarida sanitariya-ekologik holatni yaxshilash, maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish ishlarining tashkil etilganlik darajasini o‘rganish maqsadida tadbiri o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Mamatmuratov, O‘zEP tuman kengashi raisi B.Eshanqulova va Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari ishtirok etdi.

O‘rganish ishlari davomida “Qoratepa” mahallasi hududida maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish holati, chiqindi to‘plash maydonchalarining sanitariya talablariga muvofiqligi va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati ko‘zdan kechirildi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

🕊Telegram💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram ▶️YouTube🌐oltinsoy.uz