Barcha yangiliklar
🏛📋 Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
Gallery image 161385
Gallery image 161386
RUZMETOV UMRBEK SHAVKATOVICH
15 Iyun 2026
17:43

🏛📋 Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi raisi J.Babajanov hamda Kengash kotibiyati xodimi U.Ruzmetov tomonidan tumandagi Katqala mahallasida hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi.
📖 O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
💼 Xususan, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarni daromadli mehnat bilan qamrab olish, yangi loyihalarni shakllantirish hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.