Barcha yangiliklar
3-SHARSHARA SAYLOV OKRUGIDA MANZILLI O‘RGANISH O‘TKAZILDI
Gallery image 161348
Gallery image 161349
Gallery image 161350
Gallery image 161351
Gallery image 161352
DADAJONOVA OZODAXON ADILOVNA
15 Iyun 2026
16:58

3-SHARSHARA SAYLOV OKRUGIDA MANZILLI O‘RGANISH O‘TKAZILDI

 3-SHARSHARA SAYLOV OKRUGIDA MANZILLI
O‘RGANISH O‘TKAZILDI



Aholi murojaatlarini o‘rganish va mahalliy Kengash deputatlari faoliyati
samaradorligini oshirish maqsadida 3-Sharshara saylov okrugiga qarashli Obod
MFYda manzilli o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

🔹 O‘rganishda Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Sh.Boratov, kotibiyati bosh mutaxassisi O.Dadajonova hamda O‘zbekiston
Ekologik partiyasi Farg‘ona tuman Kengashi raisi K.Tursunova ishtirok etib,
mahalla yettiligi faoliyati, aholi bandligi, yoshlar bilan ishlash va
obodonlashtirish masalalarini muhokama qildilar.

🛣 Hudud infratuzilmasi o‘rganilishi davomida suv
ta’minotidagi ta’mirlash ishlaridan so‘ng suv bosimi pasayib, aholiga yetkazib
berishda uzilishlar mavjudligi aniqlandi. Shuningdek, yoshlar uchun sport
infratuzilmasini rivojlantirish zarurati qayd etildi.

📑 Aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul
tashkilotlarga deputatlik so‘rovi kiritish yuzasidan kelishuvga erishildi.