Barcha yangiliklar
Murojaat amaliy natijaga aylandi
Gallery image 161220
Gallery image 161221
Gallery image 161222
XODJANOV DAVRON AMANKOSHOVICH
15 Iyun 2026
14:44

Murojaat amaliy natijaga aylandi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Artikov Davron Omarbayevich tomonidan “Naymanko‘l” OFY hududida infratuzilma holatini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganilmoqda.

📌Oldin xabar berganimizdek, “Deputat mahallada” loyihasi doirasida o‘tkazilgan uchrashuvlarda aholi tomonidan Oq mangit, Vatanparvar va O‘qituvchilar ko‘chalariga tungi yoritgich chiroqlari o‘rnatish masalasi ko‘tarilgan edi.

📨 Mazkur murojaat yuzasidan deputat tomonidan tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborilgan.

🔍 Bugun esa ushbu murojaatning amaliy ijrosi yuzasidan ko‘chalarga zamonaviy quyosh panelli tungi yoritgichlar o‘rnatish ishlari joyiga chiqqan holda nazorat qilindi.

✅ Amalga oshirilayotgan ishlar fuqarolar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish, ko‘chalarning tungi yoritilishini yaxshilash hamda infratuzilma bilan bog‘liq muammolarni bosqichma-bosqich hal etishga xizmat qilmoqda.

🤝 Deputatlik nazorati doirasidagi o‘rganish ishlari davom etmoqda.