Barcha yangiliklar
YOSHLAR BANDLIGI VA KELAJAK REJALARI — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
Gallery image 161126
Gallery image 161127
Gallery image 161128
Gallery image 161129
ALIYEVA ZILOLA YASHNAROVNA
11 Iyun 2026
12:08

YOSHLAR BANDLIGI VA KELAJAK REJALARI — DEPUTATLAR E’TIBORIDA

Uchrashuv davomida yoshlar o‘rtasida ishsizlikning oldini olish, bitiruvchilarning kelgusidagi kasb tanlashi, oliy ta’lim muassasalariga kirish, hunar o‘rganish hamda bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan suhbat olib borildi.

Deputat Yuldashbek Ibragimov yoshlarning kelajak rejalari, taklif va muammolari bilan qiziqib, ularni qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda faol bo‘lishga undash hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish muhimligini ta’kidladi.

Mazkur uchrashuv O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘RQ-406-son Qonuni, “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-642-son Qonuni, shuningdek “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan vazifalar ijrosi bilan hamohangdir.

✅ Maqsad — yoshlarning bandligini ta’minlashga ko‘maklashish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish va kelajakda munosib o‘rin egallashlariga amaliy yordam berishdan iborat.

Bizni kuzatishda davom eting!