Barcha yangiliklar
BEG‘UBOR MAHALLASIDAGI 173-SONLI BOG‘CHA FAOLIYATI O‘RGANILDI 👇👇👇👇
Gallery image 161065
Gallery image 161067
Gallery image 161068
Gallery image 161070
Gallery image 161071
ALIYEVA ZILOLA YASHNAROVNA
09 Iyun 2026
10:21

BEG‘UBOR MAHALLASIDAGI 173-SONLI BOG‘CHA FAOLIYATI O‘RGANILDI 👇👇👇👇

O‘rganish davomida bog‘chada bolalar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, muassasaning moddiy-texnik bazasi, sanitariya-gigiyena holati hamda tarbiyalanuvchilar xavfsizligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur o‘rganish ishlari “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, 2019-yil 16-dekabrdagi O‘RQ-595-sonda belgilangan vazifalar, xususan, bolalarning sifatli maktabgacha ta’lim va tarbiya olishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish maqsadlariga hamohangdir.

Shuningdek, muassasa mas’ullari bilan mavjud ehtiyojlar, hal etilishi lozim bo‘lgan masalalar hamda maktabgacha ta’lim sifatini yanada oshirish bo‘yicha fikr almashildi.
Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqilib, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rilishi belgilandi.

Bizni kuzatishda davom eting!