Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 160932
Gallery image 160933
Gallery image 160934
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
15 Iyun 2026
09:22

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati G.Sayitqulova fuqarolardan kelib tushgan murojaat asosida viloyat Ekologiya boshqarmasi boshlig‘i bilan birgalikda “Yangiavlod” mahallasiga tashrif buyurib, hududdagi muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi.

O‘rganishlar davomida aholi tomorqalariga sug‘orish suvi yetib kelmayotgani hamda buning natijasida yerlarning sho‘rlanish darajasi ortib borayotgani qayd etildi. Mutasaddilar tomonidan mavjud muammoning sabablarini aniqlash, sho‘rlanishning oldini olish va tomorqa yerlarining meliorativ holatini yaxshilash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Shuningdek, mas’ul tashkilotlarga aholini qiynab kelayotgan muammoni bartaraf etish hamda tomorqalarga suv yetkazib berishni yaxshilash bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar berildi. Mazkur masala deputat nazoratiga olindi.