Barcha yangiliklar
3-Nurafshon saylov okrugida 6-DMTT faoliyati o‘rganildi
Gallery image 160803
Gallery image 160804
Gallery image 160805
Gallery image 160806
Gallery image 160807
Gallery image 160808
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
09 Iyun 2026
16:30

3-Nurafshon saylov okrugida 6-DMTT faoliyati o‘rganildi

3-Nurafshon saylov okrugida 6-DMTT faoliyati o‘rganildi

9-iyun kuni Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi raisi S.Nazarov, deputat G.Shafoatova hamda 3-Nurafshon saylov okrugi deputati K.Abdullayeva tomonidan hududdagi 6-DMTTda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida mazkur maktabgacha ta’lim tashkiloti 140 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lsa-da, amalda 180 nafar bola qamrab olingani aniqlandi. Shuningdek, muassasada jami 6 ta umumiy guruh faoliyat yuritayotgani ko‘zdan kechirildi.

Ta’lim jarayonida rus tili va ingliz tili mashg‘ulotlari malakali o‘qituvchilar tomonidan olib borilayotgani qayd etildi. Bundan tashqari, isitish, yoritish va suv ta’minoti tizimlarining holati ham o‘rganilib, mavjud sharoitlar qoniqarli ekani va jiddiy kamchiliklar aniqlanmagani ma’lum bo‘ldi.

O‘rganishlar maktabgacha ta’lim muassasasida bolalar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash va sifatli ta’limni ta’minlashga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.